Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Inson bor ekan, xotira – muqaddas. 


Kasbi tuman adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bòlimi xodimlari  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eng nuroniylaridan biri – Mugʻlon mahallasida yashovchi 99 yoshli Shermatov Xayrullo boboning xonadoniga bayram bilan tabriklash maqsadida tashrif buyurishdi.
Xayrullo bobo samimiy suhbat davomida, boshidan kechirganlarini soʻzlab berdi, xotiralarida abadiy muhrlangan quroldoshlari va doʻstlarini yod oldi. 
  Xayrullo bobo tumandoshi boʻlgan Denov mahallasida yashovchi yana bir urush qatnashchisi, Nazarov Erka boboni koʻrgani borishsa, albatta uning ham salomini yetkazishni tayinladi.
 Mugʻlon mahallasidan chiqib, xodimlar Denov mahallasida yashovchi Erka bobo Nazarovning xonadoniga borishdi.
Avvalo, Erka boboga Xayrullo boboning omonati – salomlarini yetkazishdi. Erka bobo eʼtibor va eʼzozdan xursand ekanligini aytib, minnatdorchilik bildirdi. 
Urush mashaqqati va daxshatini koʻrgan odam sifatida, eng oliy neʼmat – tinchlikni asrash juda muhimligini, yoshlar buni unutmasligini kerakligini nasihat qildi.