Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Arxiv ishi hududiy boshqarmasida targ‘ibot tadbiri


Bugun adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan Arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari o‘rtasida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma xodimlariga O’zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O’RQ–763-son va  2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O’RQ–764-son Qonunlari mazmun-mohiyati va ahamiyati slaydlar orqali batafsil tushuntirildi.

Ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga javoblar berildi.