Yangiliklar
Koson tuman FHDY bo‘limi xodimlari “Jizzalik”, “Mesit”, “Bog‘ishamol” va “Shirinobod” MFYlarda uyma-uy yurib, fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Adliya kubogi – 2024" musobaqasi bo'lib o'tdi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 43 va 219-moddalariga muvofiq er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa; sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa; sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan umumiy bolalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.
Amaldagi mehnat kodeksining 129-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi xodimning topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirish, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqida xodim tomonidan qaror qabul qilish maqsadda dastlabki sinov bilan tuzilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 03.09.1993-yildagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-son Qonunining 65-moddasiga ko’ra, pensiyalardan chegirmalar sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining qaroriga binoan pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin.
Oila kodeksining 173-moddasiga ko’ra, vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Суд-эксперти ўз фаолиятини Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва бошқа қонунчилик ҳужжатлари талабларига риоя этилган ҳолда амалга оширади. Суд-экспертлик фаолиятини амалга оширишда инсон ҳуқуқ ва эркинликларига риоя этилиши Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ҳамда қонунларида назарда тутилган инсон ҳуқуқ ва эркинликларига риоя этилган ҳолда амалга оширилади.
Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan “Nurafshon” MFYda yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi Ravot MFYda yashovchi fuqarolar uchun "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko’ra fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni so‘rab o‘z tanloviga ko‘ra tegishli ullardan birini qo‘llagan holda murojaat qilish huquqiga ega