Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
SO'RAGAN_EDINGIZ

Parvarish nafaqasi nima va kimlarga to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023-yildagi
119-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoni ilovasida belgilangan 34 ta kasallikka chalingan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bola deb topilgan bolalarning qonuniy vakili parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega.

25
Bilasizmi?

"Milliynom.uz" platformasi ishga tushdi

Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan. Siz ham ushbu platforma imkoniyatlaridan foydalanib ko‘ring!

25
Kosonlik fuqaro 69 yoshida tug'ilganlik guvohnomasini oldi

Kosonlik fuqaro 69 yoshida tug'ilganlik guvohnomasini oldi

Fuqaro 69 yoshli Qahramon Abdullayev Koson tuman Mug'jagul mahallasida istiqomat qiladi.Tuman FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda Q.Abdullayevning hujjatlari  yo'qligi aniqlandi.

24
Da’vo to‘liq qanoatlantirildi

Dehqonobod tuman adliya bo'limiga fuqarolar Sh.J, A.S, va A.E.lar murojaat qilib, tuman kambag'allikni qisqartirish hamda bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan ish haqlari va ustama pullari to’lab berilmaganligi sababli amaliy yordam berishni so‘ragan.

24
Bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti томонидан 2024-yil 27-июнda қабул қилинган “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorида imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida S1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirishi belgilangan.

23
46 yildan buyon “tug‘ilmagan” inson tug‘ildi

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida fuqaro B.B murojaat qilib, tug‘ilganlik va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar olishida amaliy yordam berishni so‘radi.

23
10 yillik nikoh qayd etildi

O’zbekiston Respublikasi Rrezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida  adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga ko‘ra adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlariga uyma-uy yurish orqali fuqarolar kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish vazifasi yuklandi.

20
Mehnat huquqlari tiklandi

Mirishkor tuman adliya bo’limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish natijasida Mirishkor tumani “Yangi Mirishkor” MFYda yashovchi fuqaro P.F., tumandagi 17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, “Do’stlik” MFYda yashovchi fuqaro N.U. 26-son umumiy o‘rita ta’lim maktabi, “Fazli” MFYda yashovchi fuqaro B.R. va “Shirin” MFYda yashovchi fuqaro E.N. tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan homiladorlik va tug‘ish tatiliga o’z vaqtida chiqarilmayotganligi ma’lum bo’ldi.

20
Ustama pullari undirib berildi

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari murojaat qilib ularga ustama pullari to‘lanmayotganlik holatlaridan shikoyat qilib murojaat qildilar.

20
Bilasizmi?

Soliq kodeksining 380-moddasiga ko’ra, bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota yoki onaga daromad solig'i kamaytiriladi.  Ya’ni daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi.