Янгиликлар
23
10 yillik nikoh qayd etildi
10 yillik nikoh qayd etildi
O’zbekiston Respublikasi Rrezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga ko‘ra adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlariga uyma-uy yurish orqali fuqarolar kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish vazifasi yuklandi.
Kasbi tumanida yashovchi fuqarolar F.Omonov va M.Ro‘ziyevalarning ko‘p yillik muammosi aynan shu vazifa ijrosini ta’minlash davomida ijobiy hal etib berildi.
Ya’ni Kasbi tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganish uchun uyma-uy yurish jarayonida ularning 10 yildan buyon birga yashab kelayotganligi va 2 nafar farzandi borligi, ammo shu kungacha nikohi qayd etilmaganligi aniqlanib, nikoh tuzilganligi haqidag guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Fuqarolar guvohnomani qo‘llariga olar ekan, davlat va davlat tashkilotlari tomonidan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlanayotganligidan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.
Kasbi tuman adliya
bo’limi