Янгиликлар
25
Kosonlik fuqaro 69 yoshida tug'ilganlik guvohnomasini oldi
Kosonlik fuqaro 69 yoshida tug'ilganlik guvohnomasini oldi
Fuqaro 69 yoshli Qahramon Abdullayev Koson tuman Mug'jagul mahallasida istiqomat qiladi.Tuman FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda Q.Abdullayevning hujjatlari yo'qligi aniqlandi.
Tuman adliya hamda FHDY bo'limi tomonidan tegishli hujjatlar to'planib, Fuqarorolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan fuqaro K.Abdullayevning tug‘ilganlik fakti belgilandi va FHDY bo‘limi tomonidan uning tug‘ilishi rasmiylashtirilib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim etildi.
"Guvohnoma olish uchun bir necha marotaba harakat qildim, lekin har gal ishingiz faqat sud orqali hal bo'ladi degan javob oldim. FHDY bo'limi xodimlariga rahmat, uyimga kelib muammoni o'rganib, menga hujjatlarni yig'ishimda va sudga da’vo ariza kiritishimda yordam berdi, maslahatlar berdi. Sal kam etmish yoshimda Endi mening ham guvohnomam bor” deydi fuqaro Qahramon Abdullayev.