Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
Oila qonunchiligida qarindoshlik darajasi qanday belgilanadi?

Oila kodeksining 57-moddasiga ko’ra, bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.

19
Pensiya va nafaqaning farqi nimada?

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega. Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:

18
83 yoshli momoning tug‘ilishi qayd etildi

Qamashi tuman FHDY bo‘limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Rrezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida  adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi bo‘yicha uyma uy yurish jarayonida 1943-yilda tug‘ilgan fuqaro E.B. momoning tug‘ilish guvohnomasi yo‘qligi aniqlandi.

18
Fuqaroning huquq va muomala layoqati qachondan vujudga keladi?

Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga ko’ra, barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.

18
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son qonuni qabul qilingan va ushbu qonun 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan.

17
Fuqarolarga amaliy ko‘mak berildi

Dehqonobod tuman obodonlashtirish boshqarmasida qabriston qorovuli vazifasida ishlovchi fuqarolar A.N. va A.X.lar tuman adliya bo‘limiga shikoyat bilan murojaat qildi.

16
Ходимлар манфаати юзасидан даъво аризаси киритилди

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda doimiy ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Uyma-uy yurish, “Adliya kuni” tadbirlari, sayyor qabullar davomida aholining huquqiy muammolari aniqlanmoqda va huquqiy hamda amaliy ko‘mak berib kelinmoqda.

16
TAYINLOV

Jalolov Suxrob Uralovich - Chiroqchi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori etib tayinlandi

16
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish tartibi qanday?

Oila qonunchiligiga ko’ra, voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi bo‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.

14
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etild

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi, YXKM, DXM va FHDY xodimlari tomonidan tumandagi maktablarning yuqori sinfi o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.