Янгиликлар
16
Ходимлар манфаати юзасидан даъво аризаси киритилди
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda doimiy ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Uyma-uy yurish, “Adliya kuni” tadbirlari, sayyor qabullar davomida aholining huquqiy muammolari aniqlanmoqda va huquqiy hamda amaliy ko‘mak berib kelinmoqda.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining 14 nafar xodimlari ish haqi va ustama pullari to‘liq to‘lab berilmaganlik holatidan norozi bo‘lib murojaat qildi.
Ushbu fuqarolarning murojati o‘rganilganda, jami 121 004 932 so‘m miqdoridagi ish haqi va ustama to‘lovlari to‘lab berilmaganik holati aniqlanib, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritidi.
Holat sud tomonidan ko‘rib chiqildi va bo‘lim xodimlariga jami 121 004 932 so‘m miqdoridagi ish haqi va ustama to‘lovlari undirib berish haqidagi hal qiluv qarori chiqarildi.
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi