Янгиликлар
16
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish tartibi qanday?
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish tartibi qanday?
Oila qonunchiligiga ko’ra, voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi bo‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.
Er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to‘g‘risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo bo‘lgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishi mumkin.
Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi, agar er-xotindan biri:
sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.
Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.
Yakkabog’ tuman adliya bo’lim bosh maslahatchisi Sh.I.Rayimov