Янгиликлар
17
Fuqarolarga amaliy ko‘mak berildi
Fuqarolarga amaliy ko‘mak berildi
Dehqonobod tuman obodonlashtirish boshqarmasida qabriston qorovuli vazifasida ishlovchi fuqarolar A.N. va A.X.lar tuman adliya bo‘limiga shikoyat bilan murojaat qildi.
Fuqarolar o‘z murojaatida boshqarma tomonidan oylik ish haqlari to‘lab berilmayotganligidan norozi ekanligini bildirib, ish haqini undirib berishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Fuqarolarning murojaatlari o‘rganilganda A.N.ga jami 10 498 493 so‘m va A.X.ga 5 936 434 so‘m miqdorida ish haqi to‘lovlari to‘lab berilmaganlik holati aniqlanib, tegishli hujjatlar to‘plangan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritidi.
Sudning qaroriga asosan fuqarolarga ish haqi to‘lovlarini to‘liq undirib berish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi