Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Fuqaroning huquq va muomala layoqati qachondan vujudga keladi?


Fuqaroning huquq va muomala layoqati qachondan vujudga keladi?

Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga ko’ra, barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqarolar mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga binoan, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.



Yakkabog’ tuman adliya bo’lim  bosh maslahatchisi Sh.I.Rayimov