Янгиликлар
26
SO'RAGAN_EDINGIZ
Parvarish nafaqasi nima va kimlarga to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023-yildagi
119-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoni ilovasida belgilangan 34 ta kasallikka chalingan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bola deb topilgan bolalarning qonuniy vakili parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega.
Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga u pensiya yoki nafaqa olishidan qat’i nazar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan har bir 18 yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida tayinlanadi.
Shuningdek, Parvarish nafaqasi 2022-yil 1-apreldan to‘lanishni boshlangan bo‘lib, hozirgi kunda uning miqdori 745 000 so‘mni tashkil qiladi hamda nafaqa tayinlash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) Parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
2) Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi
T.Azimqulov