Янгиликлар
24
Da’vo to‘liq qanoatlantirildi
Da’vo to‘liq qanoatlantirildi
Dehqonobod tuman adliya bo'limiga fuqarolar Sh.J, A.S, va A.E.lar murojaat qilib, tuman kambag'allikni qisqartirish hamda bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan ish haqlari va ustama pullari to’lab berilmaganligi sababli amaliy yordam berishni so‘ragan.
Tuman adliya bo’limi tomonidan ushbu murojaat o’rganilib, Sh.J.ga jami 13 163 889 so’m, A.S.ga 10 570 518 so’m, A.E.ga 5 616 145 so’m ish haqlari va ustama to‘lovlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo’yicha G’uzor tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi mazmunan ko‘rib chiqildi va da’vo to’liq qanoatlantirildi.
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi