Янгиликлар
23
46 yildan buyon “tug‘ilmagan” inson tug‘ildi
46 yildan buyon “tug‘ilmagan” inson tug‘ildi
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida fuqaro B.B murojaat qilib, tug‘ilganlik va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar olishida amaliy yordam berishni so‘radi.
Murojaat tuman FHD bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi va fuqaro B.B. 1978-yilda Kasbi tuman “Qoratepa” qishlog‘ida tug‘ilganligi, ammo tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi rasmiylashtirilmaganligi va shu sababli nikohi ham qayd etilmasdan qolganligi aniqlandi.
FHDY bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib, fuqaro B.B.ning tug‘ilishi hamda nikohi rasmiylashtirib berildi va murojaat qanoatlantirildi.
Bugungi kunda tuman adliya bo‘limi tomonidan bu sohada qilinayotgan ishlar davom etmoqda.
Kasbi tuman adliya bo’limi