Yangiliklar
“Targʻibot poyezdi” - Qashqadaryoda
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” loyihasiga start berildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirokidagi "Targ‘ibot poyezdi" va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan loyiha doirasida 2-dekabr kuni TIQXMMI" MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan turli xil savol-javob va viktorinalar o'tkazildi hamda o'z bilimlari bilan faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va afzalliklari” xususida tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar va oʻz intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan shaxslar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Bugun Havo hujumidan mudofaa Qo'shinlari va Harbiy havo kuchlari qo'mondonligiga qarashli 63226 harbiy qismda harbiy xizmatchilari bilan "Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovi!" degan bosh g'oya asosida "O'zbekiston konstitutsiyasi-Milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizning huquqiy asoslari " mavzusida ma'naviy-ma'rifiy va targ'ibot-tashviqot tadbiri o'tkazildi.
Muxammadiyev Rustam Zayniddinovich Shahrisabz tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Raximov Nabijon Urolovich - Dehqonbod tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudiri etib tayinlandi
Rajabova Umida Boymurod qizi - Mirishkor tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi etib tayinlandi.
Sud - izshunoslik (trasologiya) ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 180- moddasiga asosan tergovchi, surishtiruvchi va prokurorning qarori va sudning ajrimi asosida oʻtkaziladi.