Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

SUD TRASOLOGIYA EKSPERTIZASI IMKONIYATLARI, TAYINLASH VA OʻTKAZISH BILAN BOGʻLIK PROTSESSUAL HARAKATLAR


SUD TRASOLOGIYA EKSPERTIZASI IMKONIYATLARI, TAYINLASH VA
OʻTKAZISH BILAN BOGʻLIK PROTSESSUAL HARAKATLAR

Sud - izshunoslik (trasologiya) ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 180- moddasiga asosan tergovchi, surishti ruvchi va prokurorning qarori va sudning ajrimi asosida oʻtkaziladi.
Trasologiya - kriminalistikaning bir obyektning boshqasida qoldirgan izlarni oʻrganadigan boʻlimdir. Trasologik tadqiqotlarning obyekti boʻlib turli obyektlar tashqi tuzilishining aksizlari hisoblanadi.
Trasologik ekspertizaning eksper¬tiza vazifalarini hal etish uchun zarur maʼlumot va axborotlar manbalari boʻlib odam, buzish qurollari, mexanizmlar, transport vositalari, hayvonlar izlari, hodisa sodir boʻlgan joyning hodisa joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi hamda fotosuratlarda qayd etilgan moddiy sharoitlari hisoblanadi.
Har bir aniq trasologik tadqiqotning vazifasi tergovchi, surishtiruvchi yoki sudning topshirigʻi bilan aniqlanadi. Bu vazifalar uchta asosiy guruhga ajraladi: identifikatsion, klassifikatsion va diagnostik. Shuningdek, diagnostik vazifalar ichiga kiruvchi yana bir alohida vazifa turi - situatsion vazifalarni ajratib koʻrsatish mumkin.
Identifikatsion vazifa sifatida qoldirilgan izlarga koʻra obyektni aynanligini aniqlash (masalan, barmoq izlari gumon qilinuvchi shaxs tomoni-dan qoldirilganmi yoki buzish izlari aniq bir quroldan qoldirilganmi yoxud tekshirilayotgan buyumlar aniq bir qurilmada tayyorlanganmi va h.k).

Qismlarga koʻra bir butunni aniqlash boʻyicha vazifalarni xam identifikatsion vazifalar sirasiga kiritish mumkin.
Izlarning tasniflanishi - bu tegishli izlarni muayyan guruhlarga taqsimlashdir; (masalan, hodisa sodir boʻlgan joydagi izlar qanday turdagi transport vositasidan qoldirilgan yoki buzish izlari aynan qanday turdagi buzish qurolidan qoldirilgan va h.k.).

Diagnostik vazifalar izlarni aniqlash va qayd etish, ularning identifikatsion tadqiqotlar uchun yaroqliligini aniqlash, shuningdek izlarning hosil boʻlish mexanizmini, izlarning yoʻnalishi va oʻzaro joylashishi, izlar hosil boʻlishining ketma-ketligini (situatsion vazifa) aniqlashga yoʻnalgan. Tadqiqot obyektlarining xususiyatlari (masalan, qulfning sozligi)ni va plombalarning buzish yoki butilkalar qopqogʻini ochish usullarini aniqlash boʻyicha vazifalar ham diagnostik vazifa hisoblanadi.

Gʻayratjon Elamonov: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi RSEM ning Qashqadaryo viloyati boʻlimi davlat sud eksperti.