Янгиликлар
29
Adliya xabari
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va afzalliklari” xususida tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar va oʻz intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan shaxslar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Bundan tashqari adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM rahbari va masʼul xodimlari ishtirokida aholi va tadbirkorlar oʻrtasida soha boʻyicha yigʻilgan savollarga javoblar berishdi.
Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi va oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishlarida amaliy yordamlar koʻrsatildi.