Янгиликлар
11
ADLIYA MAHALLADA
Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi Ravot MFYda yashovchi fuqarolar uchun "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni va O‘z. Res. Prezidentining PF-80-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar o'rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va maxalla aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Bundan tashqari uyma-uy yurgan holda ushbu MFYlarda yashovchi aholining huquqiy muammolari o'rganildi.