Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
CHEKKA HUDUDLARDA MOBIL XIZMATLAR

Qamashi tumani adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo'limi va tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari birgalikda tuman markazidan 33 km uzoqlikdagi "G'ishtli" mahalla fuqarolari yig'inida qishloq aholisi uchun MOBIL   sayyor  xizmatlar kõrsatishdi.

26
Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga! Shoshiling 6 kun muddat qoldi!

Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarning 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni 2023-yil 1-fevralidan kechiktirmay e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida taqdim qilishingiz so‘raladi:
NNTlar uchun:  https://lex.uz/docs/3796969
diniy tashkilotar uchun: https://lex.uz/docs/4089832

25
Ma'muriy islohotlar

Joriy yilning 24-yanvar kuni Qashqadaryo viloyat televideniyesining "Muloqot" ko'rastuvi orqali 2022-yil 21-dekabr kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-son Farmoni hamda “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-447-son qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan  Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari hamda mas'ul xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

25
CHAMBILDA FUQAROLARGA SAYYOR XIZMATLAR KO'RSATILDI

Joriy yilning 24-yanvar kuni Chiroqchi tumanining tog'li hududi Chambil mahalla fuqarolar yig'inida  Chiroqchi tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi,  tuman FHDY bo'limi va Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari bilan hamkorlikda  sayyor xizmatlar tashkil etildi.

25
Adliya hudud

Nishon tumani adliya hamda ichki ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda tumandagi “qizil hudud”ga mansub “Oq oltin”  va “Gulzor” MFY fuqarolari o‘rtasida mahallalarda sodir etilayotgan  jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

24
Boshqarma boshlig'i Yuridik texnikum  yoshlari bilan uchrashdi

Joriy yilning 23- yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostanov ishtirokida "Yuridik kasb va yoshlar" mavzusi doirasida yuridik texnikum o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

24
Маъмурий ислоҳотларни ёритишда профессионал ёндашув зарур

Мамлакатимизда эълон қилинган маъмурий ислоҳотлар юзасидан айрим ОАВ ва ижтимоий тармоқларда турлича қарашлар баён этилмоқда.

24
Adliya hudud

Qarshi tuman adliya  bo'limi tomonidan tuman aholi bandligiga ko'maklashish markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni hamda “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-447-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan  targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

23
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 4000 ga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

2022 - yil davomida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 55 nafar tashkilotlar tekshirilib, 4 mingga yaqin qonunbuzulish holatlari aniqlandi.

23
Adliya hudud

Qarshi tumani adliya bo'limi tomonidan belgilangan reja asosida tuman Ichki ishlar bo'limi   hamkorigida  ”Mahallalarda sodir etilayotgan  jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ'ibot tadbirlari bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Qizil hudud”ga mansub  “Bunyodkor” MFY fuqarolari o'rtasida huquqiy targ'ibot  tadbiri o'tkazildi.