Янгиликлар
15
Vorislik huquqi aksiyasi
“Vorislik huquqi” boʻyicha aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy aksiya doirasida Qarshi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A. Pirmatov Qarshi tumani “Kojor” MFY, Kojor qishlogʻida yashovchi fuqaroning iltimosiga binoan, uning yashash xonadonida “Qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida”gi guvohnomani sayyor tartibda rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, aksiya doirasida Gʻuzor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.Xudoyberdiyev tomonidan tumandagi “Navroʻz” mahallasida yashovchi fuqaroga “Qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida”gi guvohnomani rasmiylashtirish sayyor tartibda “Navroʻz” MFY binosida amalga oshirildi.