Янгиликлар
16
Chiroqchi tumanida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi.
Chiroqchi tumanida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi.
"14-fevral - Xalqaro kitob hadya qilish kuni" munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi.
Aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 200 dan ortiq turdagi kitob toʻplamlari mahallalarga yetkazildi.
Xususan, Chiroqchi tumanining "Mustaqillik" MFYda kutubxonaning ochilishi mahalla yoshlarini yanada quvontirdi.
Chiroqchi tuman adliya bo'limi, FHDY bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda davlat xizmatlari markazi jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 400 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.