Янгиликлар
15
Adliya hudud
Qarshi tuman adliya bo‘limi, tuman davlat xizmatlari markazi, bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, MFY raisi, hudud profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda “Kerayit” MFYda “Huquqiy ko‘mak darchasi” shiori asosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda soha mutaxassislari tomonidan yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, fribgarlik jinoyatlari, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishning zararli oqibatlari, “Vorislik huquqi” haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, fuqarolarning 28 nafarining murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 1 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi.