Янгиликлар
Mualliflik huquqi va turdosh huquqi ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
Bugun viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamkorligida ““Kontrafaktsiz oy” oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” ijrosi yuzasidan Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqi ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda, viloyati Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyati Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyati bo‘limi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligining viloyati hududiy bo‘limining mas’ul xodimlari, jurnalistlar, shoirlar, yozuvchilar, publitsistlar, xonandalar, rejissyorlar, san’atkorlar va boshqa soha vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda, viloyat adliya boshqarmasi va Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunhujjatlarining mazmun-mohiyati hamda so‘ngi yillarda ularga kirtilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, sohadagi yangiliklar, mualliflik huquqi ob’ektlari, ularning muhofazasi va himoyasi, eng ko‘p uchrayotgan mualliflik huquqi buzilishi holatlari va ularning oldini olish yuzasidan so‘zlab o‘tdilar.

Tadbir ishtirokchilari ham mazkur soha bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul xodimlar tomonidan to‘laqonli javoblar olishdi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida adliya boshqarmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi o‘rtasida Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi a’zolarining mualliflik huquqlarini to‘laqonli ta’minlash va qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida MEMORANDUM imzolandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati