Янгиликлар
16
AKSIYA DOIRASIDA XODIM O'Z ISHIGA QAYTA TIKLANDI
Shahrisabz shahar adliya bo'limi tomonidan xodimlarning oylik ish haqini o‘z vaqtida va yoki to‘liq berilmayotganligi, ish haqidan noqonuniy ushlab qolinayotganligi bo‘yicha onlayn murojaatlarni qabul qilish hamda hal etish aksiyasi doirasida Shahrisabz shahar Uymovut mahallsida yashovchi fuqaro N.Nabiyevaning murojaati o’rganildi.
Xususan, fuqaro N.Nabiyeva o’z murojaatida Shahrisabz shahridagi 30-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2020 yilda yordamchi tarbiyachi bo’lib ishga kirib, shu yilning iyul oylarida tug’ruq ta’tiliga chiqqanligini, ayni vaqtda bolasi uch yoshga to’layotganligi munosabati bilan ishga qaytmoqchi bo’lib ish beruvchiga murojaat qilganligini, biroq DMTTda ish joy yo’qligi sababli ishga olish rad etilayotganligini bildirib, mazkur holat yuzasidan amaliy yordam soʻradi.
O’rganishlar davomida fuqaro N.Nabiyeva DMTT direktorining tegishli buyrug’i bilan tashkilotga 0.5 stavka yordamchi tarbiyachi lavozimiga ishga qabul qilinganligi, direktorning tegishli buyrug’iga asosan tug’ruq ta’tiliga chiqarilib, ayni vatqda uning ish o’rni boshqa xodimlarga berib yuborilganligi ma’lum bo’ldi.
Adliya aralashgach, 30-sonli DMTT direktori nomiga kiritilgan taqdimnomaga asosan tashkilot direktorining tegishli buyrug’i bilan fuqaro N.Nabiyeva 0.5 stavka yordamchi tarbiyachi lavozimiga qaytarilishi ta’minlandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati