Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

TANLOV G'OLIBLARIGA 75 MILLIONLIK PUL MUKOFOTLARI TO'lAB BERILADIGAN BO'LDI


Kasbi tumanida yashovchi fuqaro J.Rustamovning maktabi ko‘rik tanlovda 2-o‘rinni olganligi uchun pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman adliya bo‘limiga yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilgan.

Murojaatni o‘rganish davomida aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tanlov g‘oliblari tuman bosqichida 1-o‘rinni olgan tumandagi 12-maktabga 100 mln so‘m, 2-o‘rinni olgan 11-IDUMga 75 mln so‘m, 3-o‘rinni olgan 53-IDUMga 50 mln so‘m O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini bilan tuman mahalliy budjetidan mukofotlanishi hamda mazkur qarorning 36-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini sifatida pul mukofotlari 5 kun ichida g‘olib maktablarning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi kerak edi.

Biroq, Kasbi tuman hokimining tegishli qarori bilan tuman mahalliy budjeti hisobidan  eng yaxshi maktab tanlovida 1-o‘rinni egallagan 12-maktabga 100 mln so‘m va 3-o‘rinni olgan 53-IDUMga 50 mln so‘m to‘lab berilib, Prezident maktablari Agentligi tizimiga o‘tib ketganligi sababli 2-o‘rinni olgan 11-IDUMga 75 mln so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilmagan.

Adliya aralashgach, Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimi nomiga taqdimnoma kiritilib, mazkur taqdimnoma ko‘rib chiqilishi natijasida Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-IDUMga (uning huquqiy vorisi bo‘lgan Kasbi ixtisoslashtirilgan maktabiga) 75 mln so‘m to‘lab berish haqida qaror qilindi va murojaat qanoatlantirildi.



Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka asosan, mazkur mablag‘ quyidagicha yo‘naltiriladi:

-tanlov shartlariga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qo‘shgan hamda o‘quvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun- mukofot summasining 25 foizigacha;

-tanlovda qatnashib yuqori natijalar ko‘rsatgan terma jamoa a’zolari bo‘lgan o‘quvchilarni esdalik sovg‘alar yoki naqd pul shaklida rag‘batlantirish uchun-mukofot summasining 25 foizigacha;

-maktabning boshqa ehtiyojlari, jumladan, tanlovning keyingi bosqichiga tayyorgarlik uchun zarur xarajatlar, xorijiy tillarni o‘qitishni yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktab kutubxonasini xorijiy tildagi ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarning xorijiy tilda tinglab tushunish ko‘nikmalarini baholashga ko‘maklashuvchi texnik vositalar bilan fan kabinetlarini jihozlash uchun — mukofot summasining qolgan qismi taqsimlanadi.



                                       Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati