Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkazilmoqda


Oilalarda meros bilan bog‘liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini ta'minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.

Aksiya doirasida, jumladan:
davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinadi;
joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;
vorislik huquqi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi;
2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;
merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
bepul onlayn o‘quv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.