Yangiliklar
Adliya_aralashgach ⚖️
Fuqaroga to‘lanmay kelingan 65 million so‘mdan ortiq ustama puli undirildi!
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida faoliyat yurituvchi AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha metodist o‘ziga tegishli ustama to‘lovlari bir necha oy davomida to‘lanmay kelayotganidan norozi bo‘lib, tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.
O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur xodimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5349-sonli farmoniga asosan berilishi lozim bo‘lgan axborot texnologiyalarini joriy etish uchun nazarda tutilgan ustama to‘lovlari amalda to‘lab berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik huquqlari himoya qilindi.
Natijada, ish beruvchi tomonidan xodimga 65 037 872 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.
ATROF-MUHITNI HIMOYA QILISH – KELAJAKKA G‘AMXO‘RLIK
Qarshi tuman adliya bo'limi hamda Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda Qarshi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Atrof-muhitni himoya qilish – kelajakka g‘amxo‘rlik” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikka oid 20 dan ortiq qonunlar va yuzlab qonunosti hujjatlari qabul qilinib hayotga tatbiq qilinganligi, xususan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risi”gi qonunlar va 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi shular jumlasidandir.
#adliya_xabari
Qashqadaryoda “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati o‘tkazildi
Bugun Qashqadaryo viloyat Ma’naviyat maskanida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” DM Qashqadaryo viloyat bo‘limi, viloyatdagi nashriyotlar hamda san’at va ijod sohasida faol shaxslar ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
“Adliya kuni” Muborakda – huquqiy ong va maslahatlar kuni!
Muborak tuman Adliya bo‘lim xodimlari, ishtirokida Geolog mahallasida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi.
???? Fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi, mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
???? Tadbir davomida aholiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyul kunidagi "Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida" VMQ-427-son qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi va tarqatma materiallar tarqatildi.
#adliya_xabari
Qashqadaryoda “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati o‘tkazildi
Bugun Qashqadaryo viloyat Ma’naviyat maskanida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” DM Qashqadaryo viloyat bo‘limi, viloyatdagi nashriyotlar hamda san’at va ijod sohasida faol shaxslar ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shukurov Shokirjon Ziyodullayevich – Yakkabog‘ tumani adliya
bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimidan ozod etilib, 2025-yil
9-sentabr kunidan Kitob tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori
lavozimiga tayinlandi.
. Shukurov Shokirjon Ziyodullayevich – Yakkabog‘ tumani adliya
bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimidan ozod etilib, 2025-yil
9-sentabr kunidan Kitob tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori
lavozimiga tayinlandi.
????Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi (https://t.me/uzauz/17230)
???????? Bu haqda Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025) qabul qilindi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan "noyob" davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini o‘tkazish orqali berish huquqi berildi.
Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.
????Masalan, endi ko‘chalarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli mashinalarni ko‘rishimiz mumkin.
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
#adliya_aralashgach
ADLIYA ARALASHGACH XODIMNING PULLARI UNDIRIB BERILDI.
Shahrisabz shahar adliya bo’limi tomonidan Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari S.R va boshqalarning ustama to‘lovlari to‘lab berilmaganligidan noroziligi to‘grisidagi murojaati o‘rganildi.
⚡️Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 2018-yilning 1-yanvar kunidan 2024-yilning 1-may kunigacha to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 166 821 064 (bir yuz oltmish olti million sakkiz yuz yigirma bir ming oltmish to‘rt) so‘m pul mablag’lari to’lanmaganligi aniqlandi.
????Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro S.R va boshqalarning foydasiga jami 166 821 0604 so‘m ustama pullari undirilishi ta’minlandi.
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi_aksiyasi
90 yoshli onaxonning huquqi tiklandi!
Koson tumani, markazidan 70 km uzoqlikdagi "Xo‘jaquduqda" yashovchi 90 yoshli onaxon — Toshmurodova Eshbuvining tug‘ilganlik guvohnomasi qayta tiklab berildi.
Masofa uzoqligi sabab, Onaxon uzoq yillar davomida hujjatsiz qolib ketgan edi. Endilikda u o‘zining asosiy huquqiy hujjatiga ega bo‘ldi.
Bu ezgu ish “Hech bir fuqaro hujjatsiz qolmaydi” tamoyilining amaldagi yorqin namunasidir.