Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adolat — davlat barqarorligi va jamiyat ishonchining eng mustahkam poydevoridir


Adolat — davlat barqarorligi va jamiyat ishonchining eng mustahkam poydevoridir.

Bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan 2026 yil 16 fevralda qabul qilingan “Mamlakatimiz taraqqiyotining 2030 yilga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 21-sonli Farmonning qabul qilinishi sud-huquq tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadigan muhim dasturilamal hujjat sifatida alohida e'tirof etilmoqda.
Strategiyaning 84-maqsadi sud-huquq sohasini chuqur modernizasiya qilish, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish hamda boshqaruv jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgani bilan g'oyat dolzarbdir. Mazkur yo'nalishda belgilangan vazifalar tizimni yanada insonparvar, shaffof va samarali model asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.
Avvalo, jinoyat ishlarini yuritishda yarashuv institutidan foydalanish imkoniyatini 20 foizga oshirish vazifasining qo'yilgani e'tiborga loyiq. Bu — jinoiy siyosatda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash, taraflar o'rtasida ijtimoiy totuvlikni tiklash hamda sudlar yuklamasini maqbullashtirishga qaratilgan muhim qadamdir. YArashuv institutining keng qo'llanilishi nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini rivojlantirib, jamiyatda murosa va huquqiy madaniyat muhitini mustahkamlaydi.
Farmanda sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim prosessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish darajasini 50 foizga yetkazish vazifasining belgilanishi ham islohotlarning zamonaviy ruhini yaqqol namoyon etadi. Bu yondashuv odil sudlovni aholiga yanada yaqinlashtiradi, ortiqcha byurokratik to'siqlarni qisqartiradi hamda sud jarayonlarining tezkorligi va ochiqligini oshiradi. Raqamli yechimlarning keng joriy etilishi bugungi adolat tizimining ajralmas belgisi sifatida maydonga chiqmoqda.
Zamonaviy xavf-xatarlar kuchayib borayotgan sharoitda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish masalasiga ham alohida urg'u berilgani bejiz emas. Xususan, kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushini 45 foizgacha kamaytirish vazifasi belgilangan. Bu yo'nalishda axborot xavfsizligini mustahkamlash, profilaktika choralarini tizimli yo'lga qo'yish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Strategiya profilaktik yondashuvni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratadi. Jumladan, yoshlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan, oldini olish mumkin bo'lgan jinoyatlarni har biri bo'yicha 3 foizgacha kamaytirish vazifasi belgilangan. Bu borada manzilli ijtimoiy ishlar, bandlik dasturlari, huquqiy targ'ibot, shuningdek, oilaviy muammolarni erta aniqlash mexanizmlarini kengaytirish muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Mazkur yondashuv jazolashdan ko'ra jinoyatlarning oldini olish ustuvor ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Farmanda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg'unlashtirish masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Unga ko'ra, aholi kundalik hayotiga bevosita ta'sir qiluvchi sohalarda qabul qilingan 10 ta asosiy normativ-huquqiy hujjatni inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish belgilangan. Bu esa fuqarolarning huquqiy himoyasi kafolatlarini mustahkamlash bilan birga, mamlakatimiz huquqiy tizimining xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Islohotlarning muvaffaqiyati, avvalo, kadrlar salohiyatiga bog'liq. SHu bois Farmanda har yili davlat organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kamida 300 nafar xodimini inson huquqlari bo'yicha maxsus malaka oshirish kurslari bilan qamrab olish vazifasi belgilangan. Bu tizimda inson huquqlariga hurmat, professional yondashuv va zamonaviy huquqiy tafakkurni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

                                                                                                                                                                                                                             JIB Boysun tuman sudining sudyasi
                                                                                                                                                                                                                                                                 N.Mahmudov