Янгиликлар
23
Adliya xabari
❗️Hududlarda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
???? Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan G'uzor tumani "Gulshan" MFY hududida "mahalla yettiligi" va mavjud nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
✅Uchrashuv davomida nizoli oilalarning oilaviy nizolarning oldini olish, oilani saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
???? Shu bilan birga, mahallada tashkil qilingan "Adliya burchagi" hamda "Adliya kutubxonasi" ko'zdan kechirilib, "mahalla yetiligi" aʼzolari faoliyatini "Metodik jihatdan taʼminlash" boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
???? Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi