Янгиликлар
20
Adliya xabari
#Adliya_xabari
#Adliya_kuni
????Hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1- 2 - son qarori ijrosi yuzasidan aholi bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Bugun viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan Ko'kdala tumanidagi "Qo'chqorbuloq", Qamashi tumanidagi "Jonbo'z" hamda Chiroqchi tumanlaridagi "Qo'rg'ontepa" mahallalarida nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlar o'tkazilib, ajrimlarning oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklari batafsil tushuntirildi.
????Jinoyatchilik, xususan, ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlik, oilaviy tazyiqning barcha ko‘rinishlarini oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'rildi.
????Aholi, shuningdek, tashkilot va idoralarning mas'ul xodimlariga, mahalla yettiligi a'zolariga yoshlar jinoyatchiligi, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda ularning oldini olishning asosiy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
????Mahallalarda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar mazmun-mohiyati yetkazilib,"Huquqiy axborot","my.adliya.uz","Mobil ID","Odil chatbot", hamda "Advise.uz" axborot portallariga a'zo bo'lishi tavsiya etildi.