Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya xabari


#Sayyor_qabul

Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Koson tumanidagi “Mash’al” MFYda tadbirkorlar va fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda jami 60 dan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Qabul davomida 2 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatilib, fuqarolardan kadastr hujjatlarini shakllantirish yuzasidan arizalar qabul qilindi.

Shuningdek:
• 10 nafar fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda meros huquqi masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
• 13 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi;
• 8 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi;
• 11 nafar fuqaroga turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabullar aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish, muammolarni tezkor hal etish hamda fuqarolarga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya