Янгиликлар
25
Adliya xabari
#Huquqiy_targ‘ibot_kuni
Yakkabogʻ tumani adliya bo‘limi tomonidan Daryo, Ayg‘irko‘l, Yashinobod, Darhon, Turon, Kenguzar hamda Uzun MFYlarida huquqiy targ‘ibot kuni doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi.
Fuqarolarga ularning huquq va majburiyatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Targ‘ibot jarayonida aholi tomonidan berilgan savollarga huquqiy asoslangan javoblar qaytarilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.