Yangiliklar
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 декабрдаги ПҚ-447-сон қарорига асосан, давлат бошқарувида очиқлик даражасини янада ошириш, рақамли технологияларни жорий этиш, рақамлаштирилган давлат бошқаруви моделига ўтиш мақсадида 2023 йил 1 январдан бошлаб, синов тариқасида, Адлия вазирлиги тизимида идоравий буйруқ, қарор ва фармойишларни «E-qaror» электрон тизими орқали қабул қилиш ва эълон қилиш амалиёти йўлга қўйиш белгиланган.
Qarshi tuman adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni hamda “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-447-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan “Xonobod” mahalla fuqarolar yig'ini aholisi uchun targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Qarshi shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi hamda Qarshi shahar FHDY bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda Otchopar mahalla fuqarolare yig'inida sayyor qabul tashkil etildi.
Qarshi tumani adliya hamda ichki ishlar bo‘limlari tomonidan “Qizil hudud”ga mansub bo‘lgan “Qovchin” va “Omontepa” MFY fuqarolari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Bugun Kitob tuman dliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi hamda tuman FHDY xodimlari tumandagi "Bahor" MFY hududida yashovchi fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda 50 nafar fuqaro ishtirok etib, ularning 4 tasidan uy joyga mulk huquqini belgilash bo'yicha murojaati qabul qilindi.
Joriy yilning 18-yanvar kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashning navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi.
G’uzor tuman adliya bo’limi tomonidan xudud profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda tumanning “Yonqishloq” mahallasida sayyor qabul o’tkazildi.
Kasbi tuman adliya bo’limi xodimlari tomonidan tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O’zbekiston ma’muriy isloҳotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-269-son Farmoni va "Yangi O’zbekiston ma’muriy isloҳotlari doirasida respublika ijro etuvchi ҳokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-447-son qarorining mazmun-moҳiyati yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
G'uzor tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi "Karvon" bozorida sayyor qabul tashkil etildi.Qabulga bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga elektron raqamli imzo sertifikatlari olib berildi.
Qarshi tuman Davlat xizmatlari markazining majlislar zalida viloyat adliya hamda Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlar, jumladan xorijiy investorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.