Янгиликлар
18
Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyati oʻrganilmoqda
Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyati oʻrganilmoqda
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi tizimlari faoliyatini oʻrganishmoqda.
Ayni vaqtda vazirlik ishchi guruhi tomonidan Nishon hamda Qarshi tumanidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, hududiy arxiv bo'limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o'rganildi.
Quyi tizimlar faoliyatini o'rganish jarayonida fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish maqsad qilingan.