Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ishchi guruh hududlarda


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Ko’kdala,Qamashi va Chiroqchi tuman adliya bo‘limlari,Yuridik markazlar, Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limlarida bo‘ldi.  

X. Miyliyev binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ayniqsa, markazlarda  tashrif buyurayotgan fuqarolarga  yanada qulaylik yaratish maqsadida infolendlar, ma’lumotlar burchaklaridagi axborotlarni yangilab borish, xodimlar tomonidan aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida topshiriqlar berildi. 

Xodimlar bilan muloqotda davlat xizmati ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilash, bunda ham xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ham fuqarolarga xizmatlarni olishni osonlashtirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Markazlar va FHDY xodimlari ish jarayonida duch kelayotgan va bartaraf etish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.