Янгиликлар
18
Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi adliya bo‘limlari va muassasalar faoliyati o‘rganilayotgani xususida xabar berilgan edi.
Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi adliya bo‘limlari va muassasalar faoliyati o‘rganilayotgani xususida xabar berilgan edi.
Jumladan, 18 - oktabr sanasi kunning birinchi yarmida mas’ullar viloyatimizning chegara hududi hisoblangan Mirishkor tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng, tumandagi davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarga yaratib berilayotgan qulayliklar, FHDY organi faoliyati va sohada yanada samaradorlikka erishish borasidagi takliflar o‘rganildi.
Shu kuni vazir o'rinbosari Koson, Kasbi va Muborak tuman adliya bo'limlari faoliyati bialn ham yaqindan tanishdilar.
Aytib o‘tish kerak, Koson tumani viloyatning aholi soni jihatdan eng katta hududlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, adliya bo‘limi va davlat xizmatlari markazida fuqarolar doimo gavjum. Ishchi guruh vakillari dastlab binoda davlat xizmatlari ko‘rsatish, fuqaro murojaatlarini qabul qilish, xodimlar ish faoliyati samarali tashkil qilish uchun mavjud sharoitlarni ko‘zdan kechirib chiqdilar.
Shuningdek, davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha adliya bo‘limi mas‘ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.