Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev G‘uzor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev G‘uzor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

G‘uzor tumanining Chanoq MFY da o‘tkazilgan qabulda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev, Qashqadaryo  viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘.Ostanov hamda tuman mas‘ullari ishtirokida  jismoniy va yuridik shaxslarning muammolari  tingladi.

Qabul davomida fuqarolardan uy-joy, kadastr hujjatini shakllantirish, mehnat va bandlik munosabatlari, sud-huquq masalalarida duch kelinayotgan muammolar, ta‘lim, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq  murojaatlar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 2 dona  davolanish uchun sanatoriyaga yo‘llanma, 3 dona eshitish moslamasi,1 dona nogironlik aravachasi va 1 dona hassa ham topshirildi.

Sayyor qabul davomida 70 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi, shulardan 18 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi, 16 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi.