Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

ARXIVLAR FAOLIYATI O'RGANILMOQDA


ARXIVLAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

 

“O‘zarxiv” agentligi Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilgandan so‘ng, arxiv organlarini ham adliya organlari bilan uyg‘unlashtirish jarayonlari faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, arxiv organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining holati, arxiv organlari faoliyat yuritayotgan binolar, ularda xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda arxiv xodimlarini qiynayotgan muammolar Adliya vazirligi rahbariyat tomonidan eng quyi bo‘g‘indagi arxivlar misolida o‘rganilmoqda.

Aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini va qulayligini yanada oshirish maqsadida, arxiv organlarini zamonaviy binolar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 18- oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokidagi ishchi guruh davlat arxivlarining faoliyatini o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumaniga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, mazkur viloyatda jami 19 ta davlat arxivlari va 12 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari faoliyat yuritadi.

O‘zining alohida binosiga ega bo‘lmagan Kasbi tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi shu vaqtga qadar Kasbi tumani IIB qarashli binodan foydalangan. Shu sababli Kasbi tumani davlat arxivi FHDY boʻlimining avvalgi binosiga koʻchirib oʻtkazildi.

Shu kuni vazir o‘rinbosari X.Meliyev Kasbi tuman arxividagi hujjatlar saqlanish holati, xodimlarga yaratilgan shart- sharoitlar, elektronlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tashrif davomida kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berildi.