Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoringlar davomida ayrim tashkilotlar faoliyatida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi ,ma'lum qilindi. Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning o‘tgan davrida davlat xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlarda 4.841 ta qonunbuzilish holatlari sodir etganligi aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha 39 ta taqdimnoma 9 ta ogohnoma kiritildi hamda 355 nafar aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilganligi ko'rsatib o'tildi.
Shuninigdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan arizalarning ko‘rib chiqilishida belgilangan muddatlarga rioya qilinmasligi hamda murojaatlarni asossiz rad qilinishi holatlari tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev boshchiligida davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan tashkilotlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ayni mavzuga bag‘ishlandi. Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O’.Ostanov so‘zga chiqib, arizalarning ko‘rib chiqilishida belgilangan muddatlarga rioya qilinmasligi hamda murojaatlarni asossiz rad qilish holatlariga takroran yo‘l qo‘yilayotganligini ma’lum qildi.
Xususan, davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘nalishida;
2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-oktabr kuniga qadar Qashqadaryo viloyatida kadastr pasportini shakllantirish uchun tegishli tashkilot (kadastr organi)ga yuborilgan jami 32.863 ta arizaning 5.345 tasi yoki 17% rad etilganligi ko'rsatib o'tildi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘nalishida;
2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-oktabr kuniga qadar Qashqadaryo viloyatida Qurilish-montaj ishlari tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tegishli tashkilot (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi organlari)ga yuborilgan jami 6.041 ta arizaning 1.636 tasi yoki 25% rad etilgan.
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalardan hanuzgacha kerakli xulosa chiqarmasdan, takror va takror qonunlarni buzishga, xizmatlarni belgilangan talablar asosida ko‘rsatmaslikka urinishlar sodir etilayotganini tanqid qildi.
Bu markazlar xodimlarining ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini, oqibatda fuqaro sarson bo‘layotganini alohida qayd etib o‘tdi. Shuningdek, ushbu vaziyatda davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan idoralar rahbarlari murojaatlar bilan ishlashga panja orasidan qarayotganligini ta’kidladi.
Savol-javob tarzida tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar murojaatlar bilan ishlash jarayonida duch kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflarini berildi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashlashdi. X.Meliev mazkur takliflar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilishini ma’lum qilar ekan, vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan holatlarni kelgusida oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati