Янгиликлар
21
ADLIYA _HUDUD
Adliya vaziri orinbosari X.Meliev boshchiligidagi ishchi guruh tashrif yakunida viloyatning G‘uzor va Dehqonobod tuman adliya bolimlari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limi, YXKM ish faoliyatini bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimi, yuridik xizmat va davlat xizmatlarining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yuzma-yuz muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xodimlarning fikr-mulohazalar tinglandi.
Shu kuni vazir o‘rinbosari G‘uzor tumanidagi "SUNBULA" kasb - hunar o‘quv markazi rahbari Dilafro‘z Muhammadiyeva bilan suhbatlashib, tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu borada ularning fikrlari bilan qiziqdi.