Yangiliklar
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi
????Bugun “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida Adliya boshqarmasi tomonidan "Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi"da "Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasi" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi!
????Uchrashuvda ushbu oylikni o‘tkazish maqsadi, mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ularning himoyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
????Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida ham, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Seminarda:
✅ Hayotiy misollar,
✅ Qiziqarli savol-javoblar,
✅ va eng muhimi – ijodkorlikka nisbatan mas’uliyatli yondashuv haqida suhbatlar bo‘ldi.
#men_vatanimning_yuziman
???? Texnikum yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi
Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, "Men vatanimning yuziman" huquqiy aksiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, davlat xizmatini isloh qilish, korrupsiya ga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
#tabrik
????OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI
“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil sentabr oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:
Ostanov Boburjon Xayrullo o‘g‘li - Rejalashtirish vanazorat-tahlil sho‘basi ish yurituvchisi
⚡️Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.
????Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.
#tabrik
????OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil sentabr oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:
Rajabov Anvar Abdirasulovich - Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i
⚡️Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.
????Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.
???? Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza berish boshlandi!
????Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga!
????2025-yil 2-oktabrdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi!
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/325) orqali qabul qilinadi.
???? Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
⚠️ Davlat xizmatlari markazi faqat arizani qabul qilish va komissiyaga yuborish uchun vakolatli hisoblanib, uni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori (https://lex.uz/docs/-4774086).
Telegram | (https://t.me/davxizmat)Instagram (https://www.instagram.com/adliyanews/)| Facebook (https://www.facebook.com/share/18x5kjopib/?mibextid=wwXIfr) | YouTube (https://www.youtube.com/@Adliya) | Bot (https://t.me/Odil_chat_bot)
#Tayinlov
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
- Karimova Dilnoza Abduqodirovna Kasbi tuman adliya bo'limi FHDY mudirasi lavozimiga tayinlandi.
D.Karimova tayinlovga qadar Kasbi tuman FHDY bo'limi 2- toifali inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi D.Karimovani tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#adliya_xabari
NOTARIAT SOHASIDA ISLOHOTLAR
Bugun Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ–280-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda ularning amaliy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish amalga oshirish mexanizmi tushuntirildi.
Shuningdek, notariuslar uchun yangi vakolatlar va ijro hujjatlari joriy etilishi va ayrim holatlarda hujjatlarning asl nusxasini talab qilish tartibini kamaytirish hamda xizmat sifati va fuqarolarga qulaylikni oshirish bo‘yicha viloyat boshqarmalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
#Ustozlarga_ehtirom
Joriy yilning 29-sentabr kuni G'uzor tuman adliya bo'limi va YXKM xodimlari tomonidan 1-oktyabr – "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "O'qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida tumandagi 34-umumiy o'rta ta'lim maktabi va 3-son MTMda targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Ushbu tadbir aksiya doirasida umumiy o'rta ta'lim maktabida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va MTM murabbiylari uchun tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishdan iborat bo'lib, tadbir davomida bo'lim xodimlari tomonidan o'qituvchilarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa yengilliklar haqida tushuntirishlar berildi.
#adliya_xabari
Adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari bilan Qashqadaryoda viloyatida bo’ldi.
Adliya vaziri o'rinbosari M. Ikramov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Xizmat safar doirasida Qarshi shahrida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar K. Xurramov va M. Allanovalarning faoliyati o’rganilib, notarial idoralar hamda aholiga ko'rsatilayotgan huquqiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda amaliy samaradorligi tahlil qilindi.
Uchrashuvlar davomida mas'ul rahbarlar va notariuslar ishtirokida huquqiy xizmatlarning sifatini oshirish, fuqarolarga qulaylik yaratish va tizimda shaffoflikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
#adliya_hudud
Hududlarda amaliy tahlil ishlari davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Raximov tomonidan Adliya vazirligi va adliya boshqarmasining 2025 - yilning 2-choragida koʼrsatib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etilganligi hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Dehqonobod hamda G'uzor tuman adliya bo‘limlari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O'rganish davomida S. Raximov tumanlardagi: xodimlar bilan uchrashib, suhbatlar davomida topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, platformaga kiritilayotgan huquqiy muammolarning monitoringi hamda xodimlarning huquqiy savodxonligi tanqidiy muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qo'shimcha tavsiyalar berildi.
Bo'limlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-son qarori hamda 2025-yil 8-sentabr kunidagi PF-160-son farmoni ijrosi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.