Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
Diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 3-mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi majlislar zalida viloyatda faoliyat yuritayotgan islomiy diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, masjid imom-xatiblari va imom-noiblarining aholi orasida, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘ida chiqishlarida amaldagi qonunchilik hujjatlari va ustav talablariga qat’iy rioya etilishi, mehnat qonunchiligi va ish yurituvi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

03
Radio efirida...

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i T.Imomberdiyev, bo‘lim bosh maslahatchisi A.Rajabov hamda yetakchi maslahatchisi S.Turapovlar tomonidan “Oltin voha” radiosi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

03
58 YOSHDAN PENSIYA TAYINLANADIGAN BO‘LDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Shahrisabz tumani, “Xojimaydon” MFY, Xojimaydon qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.Y murojaat qilib, 1963-yil 8-may kuni tug‘ilganligini, 2021-yil 23-avgustdan ish o‘rni qisqarganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganligini hamda shu paytda
58 yoshga to‘lganligini, biroq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga asosan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanmayotganligidan noroziligini bildirgan.

03
Oyning eng yaxshi xodimi

Qashqadaryo viloyati
Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarida
2022 yil fevral oyi
yakuni bo‘yicha
“OYNING ENG YAXShI XODIMI”

03
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Prezidentimiz tomonidan respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi eʼlon qiligan.

02
Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki ta'minlanadi.

Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi ta'minlanishi kerak (https://lex.uz/docs/-4494849).

Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning ma'lumoti va kasbiy tayyorgarligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, balki davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to'g'risidagi ma'lumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.

02
O’quv amaliy seminar tadbiri

Toshkent viloyatidagi “Olmos” konvension markaz majmuasida Adliya vazirligi hamda Konrad Adenauyer nomidagi fond hamkorligida tashkil qilingan o‘quv amaliy seminarning uchinchi kuni xam nihoyasiga yetmoqda.

Bugungi seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari ishtirok etmoqda.

01
Ochiq eshiklar kuni

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va adliya organlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

01
Fuqaro murojaatlari mahallabay o‘rganilmoqda.

Kasbi tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi  va bir qator tashkilot mutaxassislari ishtirokida tumandagi 36 km o‘zoqlikda joylashgan “Maymanoq”, “Mesit”, “Sohibkor”, “Oqjangan”, “Istiqlol”, va “Yangi Maymanoq” MFYlarda aholi o‘rtasida sayyor qabullar tashkil etildi.
Sayyor qabullarda aholiga qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi hamda mazkur jarayonda tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolaridan davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

01
Xalq ishonchi oliy maqsadimizdir

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning tub mohiyati inson huquqlari himoyasini amalda ta’minlash hamda buning kafolatlarini yaratishdan iboratdir. Adliya organlari tomonidan ham ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.