Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Ochiq eshiklar kuni


Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va adliya organlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Tadbirda “Yurt tarovati” gazetasi bosh muxarriri, Qarshi davlat universiteti, Yuridik texnikum talabalari va o‘qituvchilari hamda 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari X.Nasimov o‘quvchi yoshlar bilan suhbat qilib, huquqshunos kasbi va uning mashaqqatlari hamda sharafli kasb ekanligini ta’kidlab, huquqshunos xodimi bo‘lish uchun vatanni sevish, fanlarni chuqur o‘zlashtirish va sport bilan doimiy shug‘ullanish lozimligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, yoshlarni adliya organlarining vazifa, funksiyalari hamda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi va boshqarma bo‘limlari bilan tanishtirib chiqildi.

Yurt tarovati gazetasi bosh muxarriri N.Ibragimova tomonidan yoshlarga jurnalist faoliyati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

          Bundan tashqari, yoshlarning bilim salohiyatini oshirish va kundalik huquqiy axborotlardan xabardor bo‘lishlari uchun Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” va adliya boshqarmasining “Qashqadaryo.adliya.uz” telegram kanallariga a’zo qilindi.