Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

58 YOSHDAN PENSIYA TAYINLANADIGAN BO‘LDI


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Shahrisabz tumani, “Xojimaydon” MFY, Xojimaydon qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.Y murojaat qilib, 1963-yil 8-may kuni tug‘ilganligini, 2021-yil 23-avgustdan ish o‘rni qisqarganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganligini hamda shu paytda
58 yoshga to‘lganligini, biroq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga asosan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanmayotganligidan noroziligini bildirgan.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

erkaklar – 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar – 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishlari belgilangan.

Shuningdek, Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 588, 1999-yil 7-yanvar) tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ishsiz deb e’tirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga taqdimnoma tayyorlashi va 5 kun muddat ichida tegishli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga topshirishi ko‘rsatilgan.

Shunga ko‘ra, ushbu murojaat adliya boshqarmasining qonuniy aralashuvi bilan ijobiy hal qilinib, fuqaro X.Yga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun Shahrisabz tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan joriy yilning 1-mart kuni Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Shahrisabz tuman bo‘limiga taqdimnoma yuborildi.