Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
7 yilda tiklangan huquq yoki 865 mln so‘mlik kompensatsiya

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan domiy ravishda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilib kelinmoqda.
Jumladan, “Qarshi transport ekspeditorlik korxonasi” MChJ rahbarining jamiyatga tegishli bo‘lgan bino va inoshotalari
Qarshi shahar hokimligining 2015 yil 19 iyuldagi X-444/06-son qaroriga asosan buzilgan bo‘lsada, kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati o‘rganib chiqildi.

17
Ko'chada sigaret chekish taqiqlanadimi?

Qonunchilikka  ko‘ra, ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida  tamaki mahsulotini iste’mol qilish, BHM ning uchdan bir qismi (90 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

17
Adliya tadbirkorga do‘st

Shahrisabz tuman adliya bo‘limiga “Dilshoda” MChJ korxonasi rahbari N.M ariza bilan murojaat qilib, “QASHQADARYO YO’L QURILISH–TA’MIRLASH” unitar korxonasi tomonidan ularga shartnoma asosida bajarilgan xizmatlari uchun to‘lovlar ikki yildan bo‘yon to‘lab berilmayotganligini bildirib, ushbu to‘lovlarni undirib berishda amaliy yordam so‘radi.

17
Adliya bo‘limi tomonidan 3 nafar fuqaroning divident pullari to‘lab berillishi ta'minlandi

Qarshi tuman adliya bo‘limiga “Bodomzor” MFY Mustaqillik qishlog‘ida yashovchi M.X, “Rovot” MFY Ziyokor ko‘chasida yashovchi N.F, “Quyi Beshkent” MFY Quyi Beshkent qishlog‘ida yashovchi Sh.Shlar “Beshkent paxta tozalash” aksionerlik jamiyatidan 2010-2020 yil yakunlari bo‘yicha aksiyalari hisoblanmay qolganligi hamda divident pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘ragan.

17
ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxslar bepul foydalanish huquqiga ega

Shahar yo‘lovchilar transportidan (taksilar mustasno) ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxslar bepul foydalanish huquqiga ega https://lex.uz/docs/-39646

16
“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari davom etmoqda

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Kushkapa” MFYda xotin-qizlar o‘rtasida sayyor qabul tashkil etilib, xotin-qizlarga taa’’luqli bo‘lgan qonun hujjatlari tushuntirildi hamda 50 dan ortiq targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sayyor qabulda 10 dan ortiq xotin-qizlarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berildi hamda 5 nafar xoti-qizlarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi.

16
12 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarga qo'shimcha ta'til beriladi

12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi (https://lex.uz/docs/-142859).

Shuningdek, ularning xohishiga ko‘ra har yili 14 kalendar kundan kam bo‘lmagan ish haqi saqlanmagan ta’til beriladi.

Bunday ta’til yillik ta’tilga qo‘shib berilishi yoki alohida foydalanilishi mumkin.

15
Buyuk siymolar hamisha ardog‘imizda

So‘z mulkining sultoni, o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyning hamda olim, shoh, sarkarda va buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari munosabati bilan adliya bo‘limlari tomonidan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

15
Kontrafaktsiz oy tadbiri

Bugun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi, hamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan «Kontrafaktsiz oy» oyligi doirasida brifing tadbiri tashkil etildi.
Brifingda viloyat Bojxona, Soliq, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tadbirkorlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

15
“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!

So‘ngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.