Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Radio efirida...


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i T.Imomberdiyev, bo‘lim bosh maslahatchisi A.Rajabov hamda yetakchi maslahatchisi S.Turapovlar tomonidan “Oltin voha” radiosi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Xususan, eshittirishda jismoniy rivojlanishida nuqsoni borligi sababli maktabga borib kelishiga imkoniyati yo‘q bolalarga berilayotgan imtiyozlar, voyaga yetmagan bolalarni moddiy ta’minlash bo‘yicha aliment to‘lamanganlik yuzasidan jinoiy javobgarlik haqida qo‘llanilishi hamda O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 734-son Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.