Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Fuqaro murojaatlari mahallabay o‘rganilmoqda.


Kasbi tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi  va bir qator tashkilot mutaxassislari ishtirokida tumandagi 36 km o‘zoqlikda joylashgan “Maymanoq”, “Mesit”, “Sohibkor”, “Oqjangan”, “Istiqlol”, va “Yangi Maymanoq” MFYlarda aholi o‘rtasida sayyor qabullar tashkil etildi.
Sayyor qabullarda aholiga qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi hamda mazkur jarayonda tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolaridan davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilishi, o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilik qilish uchun  auksionda qatnashish bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi hamda 20 dan ortiq fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 10 ariza bo‘lim ish yurituviga olindi.