Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

O’quv amaliy seminar tadbiri


Toshkent viloyatidagi “Olmos” konvension markaz majmuasida Adliya vazirligi hamda Konrad Adenauyer nomidagi fond hamkorligida tashkil qilingan o‘quv amaliy seminarning uchinchi kuni xam nihoyasiga yetmoqda.

Bugungi seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari ishtirok etmoqda.

Markaz xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan asosiy savollarga:

– Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati masofadan turib qanday baholanadi?

– Bu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligi qanaqa bo‘ladi?

– Har bir tumanga borib o‘rganib kelish katta resurs talab qilmaydimi?

– Markazlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ular faoliyatiga KPI tizimi orqali masofadan turib baholanadi;

– ular bergan xulosalarning qonuniyligi ham masofadan tekshiriladi;

– inson omiliga minimal darajada chek qo‘yiladi, degan batafsil javoblarni olmoqda.

Markazlar faoliyatini baholashda xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlarning fikri ham albatta inobatga olinishi ta’kidlab o‘tildi.

Qizg‘in savol va javoblarga boy bo‘lgan seminarda Markaz xodimlari o‘zlari uchun yangi va kerakli tajribalarni o‘rganmoqda.

Seminar orqali markaz xodimlarini nafaqat bilim ko‘nikmalari oshmoqda, balki kelgusida ular o‘rtasida fikr almashish, do‘stona aloqalar o‘rnatish hamda samarali, esda qolarli uchrashuv bo‘lib xizmat qiladi.