Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xalq ishonchi oliy maqsadimizdir


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning tub mohiyati inson huquqlari himoyasini amalda ta’minlash hamda buning kafolatlarini yaratishdan iboratdir. Adliya organlari tomonidan ham ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan aholi bilan yaqinroq bo‘lish hamda aholining murojaatlarini o‘rganish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda va fuqarolarga huquqiy ko‘maklar berib borilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O’.Ostanov, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqovlar hamda tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, Davlat xizmatlari markazi bilan hamkorlikda “Sardoba” MFY aholisi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, 20 yaqin fuqaroga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 10 ta murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.
Bu kabi tadbirlar barcha tuman (shahar)larda tashkil etilib, 335 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi hamda 700 dan ortig‘iga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Undan tashqari, DXM hamkorligida dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovlarda ishtirok etish istagini bildirgan 8145 nafar fuqarolarga ERIni joyida olib berilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.