Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
Bugun to‘g‘ridan-to‘g‘ri radio efirida

Joriy yilning 28 fevral kuni Qarshi tuman yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i A.Eshimov, bosh yuriskonsulti J.Shukurullaevlarnining Ozbekiston Respublikasining “Fuqarolarning va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi 2022 yil 9 fevralda OʼRQ-752-son Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-sonli qarori yuzasidan mazmun muhiyati haqida viloyat “OLTIN VOHA” radiosining togridan-togri eshittirishida chiqish qilishdi.

28
Homilador ayollarni ularni roziligisiz xizmat safariga yuborish mumkin emas.

Homilador ayollarni va 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi. https://lex.uz/docs/142859#145000

SHu bilan birga, homilador ayollarni va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog'lig'i uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi.

28
Ish beruvchilarga nogironlar uchun to'langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.

Qonunchilikka ko'ra:
➖ bolalikdan nogiron bo'lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig'i bo'yicha imtiyoz mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;

➖ 2024 yil 1 martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to'langan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan to'liq qaytarib beriladi.

26
Jaholatga qarshi ma’rifat

Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qarshi davlat Universitetining Shahrisabz shahar instituti, Toshkent kimyo-texnalogiya instituti Shahrisabz filialida “Giyohvandlik-Asr vabosi” hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

25
Navbatdagi sayyor qabul

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov tomonidan Nishon tumani Nuriston qo‘rg‘onchasida “Nuriston”, “Nurchi” “Kimyogar” va “Kuksoy” MFY aholisi bilan tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman Davlat xizmatlari makazi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mas’ul xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

25
Hayoti xavf ostida bo'lgan fuqaroni muassasaga olib borishda tibbiyot xodimi har qanday transportdan foydalanishi mumkin

Fuqaroning hayoti xavf ostida bo'lgan taqdirda tibbiyot xodimlari uni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun har qanday transport turidan foydalanish huquqiga ega.

25
Telefon raqamida mablag'lar bo'lmagan ham favqulotda tezkor xizmatlarn bepul chaqirish ta'minlanadi

Operator va provayderlar har bir abonentga, shu jumladan, abonentning shaxsiy hisob raqamida mablag'lar bo'lmagan holda, tegishli xizmatlar uchun O'zbekiston hududida belgilangan yagona raqamlarni abonent tomonidan terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini ta'minlashi kerak.

(https://lex.uz/docs/-4962057)  Favqulodda tezkor xizmatlar quyidagilar:

yong'in xavfsizligi xizmati;
ichki ishlar organlari;
tez tibbiy yordam;
gaz tarmog'ining avariya xizmati;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.

25
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatishda chegirma qollaniladi

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko'rsatishda davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlar bo'yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

25
Kasbi tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan ota-onasi bo'lmagan fuqaro Ermatov Ulug'bek Husan o'g'lini Kasbi tuman obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashishiga huquqiy yordam berildi.

Kasbi tuman yuridik xizmat ko'rsatish markaz

Kasbi tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan ota-onasi bo'lmagan fuqaro Ermatov Ulug'bek Husan o'g'lining murojaati yuzasidan Kasbi tuman obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashishiga huquqiy yordam berildi.

25
Korrupsiya – milliy xavfsizlikka taxdid

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida viloyat Adliya boshqarmasi, O’zbekiston "Adolat" SDP viloyat Kengashi va institut hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi qoshidagi Qashqadaryo yuridik texnikumi yoshlar ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

So‘zga chiqqanlar, asosan, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyati haqida gapirdilar.